Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda «aqlli» gaz hisoblagichlari o‘rnatiladi

A A A
Toshkentda «aqlli» gaz hisoblagichlari o‘rnatiladi

16 mart kuni Toshkent shahar  “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik taklif etilgan mazkur anjumanda tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimining joriy etilayotgani, bu bo‘yicha aholi o‘rtasida yuzaga kelayotgan savollar, ular orqali muammolarini o‘rganish va hal etish  bo‘yicha qilinayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi. 

Poytaxtimizda gaz iste’molchilari jami 629 427 ta bo‘lib, shulardan 448 073 tasini ko‘p qavatli, 181 354 tasini esa yerli aholi xonadonlari tashkil etadi. Qayd etish kerakki, yil oxiriga qadar zamonaviy “aqlli”  xisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.  Mazkur hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul hisoblanib, tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanadi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida yig‘ilganlar e’tiboriga tabiiy gaz iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Call-markazi” (55) 503-28-28 ishga tushgani e’lon qilindi. Bundan tashqari sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha (55) 503-90-17 “ishonch telefoni” yo‘lga qo‘yilgani, bunga iste’molchilar o‘z murojaatlarini qoldirishlari mumkinligi ma’lum qilindi. 

Matbuot anjumanida gaz ta’minoti bo‘yicha ko‘plab dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Kiritildi: 10:34 18.03.2021. O'qildi: 2559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik