Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda 24 yoshli firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda 24 yoshli firibgar qo‘lga olindi

1 iyul kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBga 40 yoshli Po‘lat Z. murojaat qildi. Uning ma’lum qilishicha, u o‘z avtomobilida notanish yigitni kerakli manziligacha olib borib qo‘ygan. Yakkasaroy tumani SH. Rustaveli va Bobur ko‘chalari kesishmasigacha yetib borganda, yigit haydovchidan 100 AQSh dollari qarzga so‘rab, onasi uchun dorixonadan dori olishini va uyga yetib olgach qaytarib berishini aytgan.

Po‘lat unga ishonib, 700.000 so‘m bergan. Yigit dorixonaga kirib, u yerdan 50.000 so‘mga dorilar olgan. Keyin esa ko‘p qavatli xonadonga kirib, orqa tomondan chiqib ketgan. Tez orada Toshkent shahar IIBB xodimlari yigitni – 24 yoshli Davlatbek Ye.ni qo‘lga olishdi. Yigit pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini tan oldi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 11:47 07.07.2020. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!