Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 1 dollar 7000 so‘m?! 460 000 000 so‘m pul qayerga ketdi?

Toshkentda 1 dollar 7000 so‘m?! 460 000 000 so‘m pul qayerga ketdi?

Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli A. U. murojaat qilib, bankda 460 000 000 so‘mni 65 700 AQSh dollariga "arzon" narxda – 7000 so‘mdan almashtirib berishni va’da qilgan 34 yoshli I. N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Fuqaro I. N.ga ishonib, A. U. joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan. Ammo I. N. va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar berilmoqda.

Kiritildi: 16:19 13.08.2019. O'qildi: 4037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!