Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent yo‘llarida 4 kechada 1698 ta qoida buzildi

A A A
Toshkent yo‘llarida 4 kechada 1698 ta qoida buzildi

24-27 avgust kunlari tungi vaqtda o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida Toshkent shahrida 1 698 ta yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Jumladan, 53 nafar haydovchi mast holatda mashina boshqargan bo‘lib, ularning orasida 39 yoshli I.Nafosat (“Lasetti”, 01 J 130 WA), 30 yoshli R.Nargiza (“Spark”, 01 S 822 YA), 44 yoshli R.Otabek (“Neksiya-3”, 01 708 HFA), 28 yoshli X.Elyorjon (“Matiz”, 01 Y 807 PA) va 27 yoshli R.Baxtinur (“Spark”, 01 E 842 OA) bor.

63 haydovchi esa transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargani ma’lum bo‘ldi.

11 haydovchi tegishli ruxsatnomasiz mashina oynalarini qoraytirgani aniqlandi. 30 yoshli M.Xaitmat (“Lasetti”, 01 838 ZEA) va R.Asatulla (“Spark”, 01 Y 765 ZA) shular jumlasidan.

3 nafar haydovchi YPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

30 nafari esa svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmagan.

Shuningdek, 188 haydovchi yo‘l belgilariga amal qilmagan bo‘lsa, 524 nafari xavfsizlik kamarlarini taqmagani aniqlangan.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 14:47 29.08.2018. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik