Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatidagi uylardan birida yong‘in chiqdi

Toshkent viloyatidagi uylardan birida yong‘in chiqdi

Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 11:13 da Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga, Chirchiq shahar 8-kichik daha 9-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu uyning 41-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rgan tezkor harakatlari natijasida ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro K.A. hamda uning nabirasi 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan SH.D.lar alanga ichidan olib chiqilgan. Ularga tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Hodisa oqibatida uyning 30 kv.m. maydoni zarar ko‘rgan bo‘lsa, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari bilan xonadonning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Daslabki surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, sodir bo‘lgan yong‘inga bolalar sho‘xligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 16:40 12.01.2021. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!