Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ob’ektlari tegishli ro‘yxat bo‘yicha viloyat kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritilishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2017 yil 10 avgustdagi qarori (http://lex.uz/docs/3304219) asosida ushbu sanoat zonalari uchun 140 gektardan ziyod yer maydoni ajratilgan edi. Endilikda mazkur sanoat zonasi qo‘shimcha 67 gektardan ortiq yer maydoni ajratilishi natijasida yanada kengaytirildi. 

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risidagi qarorlar Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Kiritildi: 11:48 10.08.2018. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!