Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hududlarini o‘zgartirish loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning O‘zbekiston hukumati va poytaxt hokimligidagi axborot manbalari ma’lum qildi.

Avvalroq prezident matbuot xizmati aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismi, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini Toshkent viloyati hududiga o‘tkazish taklif etilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: president.uz

Toshkentning hududlari o‘zgarishi mo‘ljallanayotgan mahallalari aholisi ushbu taklifga qarshi chiqdi. Avvalroq, Uchtepa tumani va Ulug‘bek shaharchasi aholisi norozilik bildirayotgani haqida ma’lum qilingan edi. Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi ko‘chaga yig‘ilib, mutasaddilardan izoh talab qilishdi.

Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish qayta ko‘rib chiqiladi

Sergeli tumanidagi gul bozori yaqinida yig‘ilgan aholi. Foto: Telegram.

Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev aholi bilan uchrashuvda shahar chegaralarini o‘zgartirish taklifi hali loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan muhokama qilishga va’da berdi.

11 avgust kuni poytaxt hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan «O‘rikzor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi aholiga videomurojaatida «hududning bir metri ham Zangiota tumaniga o‘tmaydi», dedi. «Gazeta.uz» muxbiriga bergan intervyusida u buni tasdiqladi va loyiha kechiktirilganini aytdi.

Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish qayta ko‘rib chiqiladi

Nashrning poytaxt ma’muriyati va hukumatdagi manbalari loyiha qayta ko‘rib chiqilishini tasdiqladi, ammo qachon amalga oshishi va qanday o‘zgarishlar bo‘lishi hozircha noma’lum.

Qurilish vazirligining bildirishicha, o‘zgartirish loyihasi Toshkent hokimligi tomonidan tayyorlangan. Poytaxt ma’muriyatidan rasmiy izoh olishning iloji bo‘lmadi.

 

 

 

Kiritildi: 18:52 14.08.2020. O'qildi: 2740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!