Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2013-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi, 2017 yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.

Elbek Shukurov 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

 

Kiritildi: 09:26 10.08.2018. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!