Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikasiya ob’ektlarini ta’mirlash uchun respublika byudjetidan poytaxt byudjetiga 211 mlrd so‘m ajratiladi.
2023 yil fevral oyida ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Toshkent shahri hokimligiga 584 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratilishi belgilangan edi.