Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent ko‘chalarida 505 ta qorbobo (foto)

A A A
Toshkent ko‘chalarida 505 ta qorbobo (foto)

Kecha, 16 dekabr kuni Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydoniga 505 ta qorbobo jam bo‘ldi.

Ular 31 dekabrgacha Toshkentdagi 505 ta mahallada odamlarga bayram kayfiyatini ulashadi.

Bu tadbir Mahalla xayriya jamoat fondi tashkil etildi.

Mahalla xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, qorbobo liboslari mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan tashkillashtirilgan.

Bu liboslarda mahalla faollaridan biri yoki xodimlar kiyib, xonadonlarga bayram kayfiyatini ulashadilar.

Mahallada Yangi yil deb nomlangan loyiha davomida qorbobolar eng avvalo o‘z mahallalarida istiqomat qilayotgan 100 yoshdan oshgan keksalar, urush qatnashchilari, imkoniyati cheklangan fuqarolar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yo‘qlaydilar.

Mahalla markazlari, uylar yonidagi dam olish maskanlarida qorbobolar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

 

Kiritildi: 15:56 17.12.2018. O'qildi: 12264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!