Prezidentning kechagi qarorida Toshkent shahar hokimligining Ijro apparati tuzilmasiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hokim o‘rinbosari — departament rahbari lavozimi joriy etilgan.
Qarorga ko‘ra, poytaxt raqamli texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Xususan, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga asosan 2020 yilda quyidagilar amalga oshiriladi:
✅ 1 maygacha barcha turdagi elektron chiptalarni onlayn sotib olish mumkin bo‘ladi;
✅ 1 sentyabrgacha barcha maktablarda jurnal va o‘quvchilarning kundaliklari elektronlashadi;
✅ 1 noyabrgacha barcha kommunal xizmatlar to‘lovlarini onlayn to‘lash mumkin bo‘ladi;
✅ 1 dekabrgacha "Yagona elektron tibbiy karta" axborot tizimi joriy etilib, "Elektron poliklinika" axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi.
2020 yil 1 maydan davlat ishxonalarida axborot almashish faqat quyidagi noyob identifikatorlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
✅ jismoniy shaxslar — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
✅ yuridik shaxslar — soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (STIR);
✅ ko‘chmas mulk — kadastr raqami;
✅ manzillar — geografik kod;
✅ transport vositalari — transport vositasining identifikasiya raqami.