Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toqayev o‘zbek-qozoq munosabatlari haqida nima dedi?

Toqayev o‘zbek-qozoq munosabatlari haqida nima dedi?

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga uyushtirilishi kutilayotgan davlat tashrifi oldidan O‘zA ga batafsil intervyu berdi.

Intervyuda Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarini o‘zbek maqoli bilan ifodalab Yon qo‘shnim jon qo‘shnim deb baholadi va ikki davlat munosabatlardan butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikning muhim omili ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Qozog‘iston yili

Toqayev ushbu tadbirlarda o‘zbekistonliklar faol ishtirok etishlariga ishonch bildirib, ishbilarmonlar va siyosatchilar uchun biznes-forumlar, talabalar uchun ta’limga oid ko‘rgazmalar o‘tkazilshi rejalashtirilganini ta’kidladi.

Undan tashqari, zamonaviy chegara va bojxona infratuzilmasini yaratish, mamlakatlar sayyohlik salohiyatini mustahkamlash haqida gapirdi.

Siyosat

Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi o‘rni va so‘nggi yillarda Bzejinskiy kabi g‘arbiy ekspertlarning Markaziy Osiyo davlatlari taqdiriga doir prognozlari haqida, Toqayev, oldingi yillarda prognoz qilingan ko‘plab salbiy ssenariylar amalga oshmaganini va aksincha davlatlar orasida barcha sohalarda munosabatlar rivojlanayotganini aytdi.

Darhaqiqat, mustaqillikka erishilgandan boshlab ko‘plab ekspert va kuzatuvchilar aksar hollarda Markaziy Osiyo taraqqiyotining salbiy ssenariysini prognoz qilgan edi. Mamlakatlarimizning parchalanib ketishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan terrorizm xavfining kuchayishi, qandaydir xalifat ga aylanishi, ichki nizolar, iqtisodiy va ijtimoiy tanazzullar bashorat qilingan edi.

Biroq Markaziy Osiyoni bolqonlashtirish prognozlari ro‘yobga chiqmadi. Markaziy Osiyodagi har bir davlatning mustaqillik yillaridagi dadil qadamlari mintaqada barqarorlikni saqlash imkonini berdi, bu esa uzoq muddatli izchil taraqqiyotga mutahkam poydevor qurishda muhim ahamiyat kasb etadi , - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Shuningdek, prezident aytishiga ko‘ra, mintaqalashtirish va kooperasiyasiz uzoq muddatli va barqaror taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi... Qozog‘iston barcha manfaatdor davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllari uchun ochiqdir , - dedi Toqayev.

Ushbu intervyuning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Kiritildi: 18:41 14.04.2019. O'qildi: 1977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!