Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Tolibon» Termizga uloqtirilgan snaryadlar bo‘yicha munosabat bildirdi

«Tolibon» Termizga uloqtirilgan snaryadlar bo‘yicha munosabat bildirdi

“Tolibon” harakati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid Afg‘oniston tomonidan Termiz shahriga bo‘lgan hujumga munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Termizga raketa hujumini uyushtirganlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini buzishni maqsad qilganlar. Hozirda snaryad otganlar “Tolibon” huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

“Tolibon” vakili ushbu hujum katta ehtimol bilan ISHID terroristik tashkiloti tomonidan sodir etilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:12 06.07.2022. O'qildi: 10805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!