Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

“Tolibon” asoschilaridan birining ozod etilishiga AQShning aloqasi bor

“Tolibon” asoschilaridan birining ozod etilishiga AQShning aloqasi bor

Tolibon harakatining asoschilaridan biri Mulla Birodar AQShning aralashuvi bilan ozodlikka chiqarilgan, deya xabar bermoqda Pajhwok.

Mulla Birodar o‘tgan yilning oxirida Pokistonda ozod qilingan edi. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zalmay Xalilzod Tolibon asoschilaridan birining qo‘yib yuborilishi Vashingtonning iltimosiga ko‘ra amalga oshganini ma’lum qildi.

Xalilzodning aytilishcha, shu orqali Pokiston ham Afg‘oniston, ham AQSh bilan aloqalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, amerikalik diplomat Birodarning ozodlikka chiqishi tinchlik muzokaralariga yordam berishini ta’kidladi.

Abdul G‘ani Birodar bir necha yil avval o‘lgan (ba’zi fikrlarga ko‘ra, o‘ldirilgan) toliblar yetakchisi Mulla Umarning yaqin safdoshdiri. U bir paytlar sovet qo‘shinlariga qarshi kurashgan, toliblar hokimiyatga kelganida yuqori lavozimlarni egallagan.

2018 yilning oktyabrida Mulla Birodarning ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq u toliblarning Qatardagi ofisiga rahbar yetib tayinlandi.

Kiritildi: 11:58 11.02.2019. O'qildi: 1873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!