Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Tolibon” Afg‘onistonning yirik shahriga hujum boshladi

“Tolibon” Afg‘onistonning yirik shahriga hujum boshladi

Bugun, 10 avgust kuni “Tolibon” terrorchilik harakati Afg‘oniston markazida joylashgan yirik G‘azna shahriga hujum boshlagan. Bu haqda “TOLO News” xabar bermoqda.
 
“Tolibon”ning ma’lum qilishicha, harakat jangarilari turli tomonlardan G‘azna viloyatning shu nomdagi ma’muriy markaziyga kirishga urinmoqda.
 
Qobul-G‘azna avtomagistrali hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlar sabab harakat uchun yopilgan.
 
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” terrorchilik harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda.
 
Avvallari qishloq joylarda katta hududlarni nazorat qilgan terrorchilik harakati endi yirik shaharlarga hujum boshlagan.
 
Shuningdek, hududda ISHID terrorchilik guruhi ham faollashgan. Afg‘oniston Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakat bo‘ylab terrorchilikka qarshi kurash olib bormoqda.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 09:43 10.08.2018. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!