Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tokioda ko‘chaga axlat tashlash taqiqlandi

Tokioda ko‘chaga axlat tashlash taqiqlandi

Tokio hokimiyati shahar markazida axlat miqdori ko‘payib ketgani sababli jamoat joylariga axlat tashlashni taqiqlashi mumkin. Bunga sayyohlar sonining ortishi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Kyodo.

Hukumat manbalariga ko‘ra, hokimiyat ko‘chaga axlat tashlaganlarga ma’muriy jarima solish masalasini muhokama qilmoqchi. Shuningdek, oziq-ovqat va ichimliklar sotuvchilari hamda qadoq ishlab chiqaruvchilarga bir qator yangi majburiyatlar yuklash rejalashtirilmoqda.

Tokio uchun daryo bo‘ylarida kabobdan keyin qoladigan axlat ham dolzarb muammoga aylangan. Hokimiyat qaysi turdagi chiqindilar va harakatlarga cheklov qo‘yish, shuningdek, yangi talablarni qaysi hududlardan boshlash kerakligini muhokama qiladi.

Hozirda Tokioning ayrim tumanlarida shunga o‘xshash qoidalar joriy etilgan. Biroq yagona talablarni belgilash qoidalarni birxillashtirish va masalani butun shahar bo‘ylab tizimli hal qilish imkonini beradi.

Sindzyuku tumanida axlat tashlash taqiqlangan buyumlar ro‘yxati kengaytiriladi. Hozirda bu ro‘yxatga shishalar, sigareta qoldiqlari, saqich va qog‘oz parchalari kiradi. Oktyabr oyida yangilangan qaror kuchga kirgach, taqiqlangan buyumlar qatoriga oziq-ovqat konteynerlari va bir martalik yog‘och tayoqchalar ham qo‘shiladi.

Kiritildi: 22:00 18.09.2026. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!