U yerda namoyish etilayotgan robotlarning aksariyati – sanoat robotlari bo‘lib, ular buyumlarni ko‘tarish, qo‘yish va boshqa turli manipulyasiyalar bilan shug‘ullanadi.
Ko‘rgazmada sun’iy intellekt bilan jihozlangan robotlar ham namoyish etilmoqda. Ular suhbat qilishi, turli murakkab harakatlarni bajarish qobiliyatiga ega.
Yaponiya Robototexnika assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida sohada o‘sish 25,9%ni ($1,43 mlrd) tashkil qilgan.