Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tokio Olimpiadasiga borgan xorijliklar karantinga olinmaydi

A A A
Tokio Olimpiadasiga borgan xorijliklar karantinga olinmaydi

Yaponiya hukumati 2021 yilgi Tokio Olimpiadasiga kelgan chet ellik tomoshabinlarini ikki haftalik karantin zarurligidan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi  Kyodo News.

Yaponiya hukumati chet ellik tomoshabinlarning mamlakatga kirishi uchun majburiy shart-sharoitlar yaratishni ham rejalashtirmoqda. Shu asosda mamlakatga xorijiy fuqarolar kelguniga qadar o‘tkazilgan koronavirus tekshiruvlarining manfiy natijalari to‘g‘risidagi bir nechta sertifikatlarga ega bo‘lish zarur. Kelgandan keyin chet elliklar mahalliy hokimiyat nazorati ostida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yili 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Pandemiya sababli musobaqa bir yilga qoldirildi va 2021 yilning 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. «Tokio-2020» o‘yinlarining nomi ham saqlanib qoldi.

Kiritildi: 18:27 11.11.2020. O'qildi: 1976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik