Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tojikistonda o‘zbekistonlik uch fuqaro YTH qurboni bo‘ldi

Tojikistonda o‘zbekistonlik uch fuqaro YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 2 iyul kuni Xo‘jand-Dushanbe yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan davlat raqami 40 H 174 GB bo‘lgan Nexia-2 avtomashinasi «KamAZ» yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Nexia-2 avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi (2 erkak va 1 ayol), O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan. «Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi 1964 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatida yashovchi Boygitov Nurmahmad ekanligi aniqlandi. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash maqsadida Tojikiston tomoni O‘zbekiston FVVga murojaat qilgan.

Kiritildi: 18:29 04.07.2024. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!