Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojikistonda prezident saylovi 11 oktyabrda bo‘lib o‘tadi

Tojikistonda prezident saylovi 11 oktyabrda bo‘lib o‘tadi

Tojikistonda prezident saylovlari 2020 yil 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri xabar bermoqda.

“Tojikistonda navbatdagi prezident saylovlari joriy yilning 11 oktyabr kuniga belgilangan”, - deyilgan xabarda.

6 avgust kuni Tojikiston parlamentining yuqori va quyi palatasi qo‘shma majlisida navbatdagi prezident saylovini o‘tkazish sanasi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda prezident 7 yil muddatga saylanadi. Amaldagi respublika prezidenti Emomali Rahmon ushbu lavozimni 1994 yil noyabr oyidan buyon egallab kelmoqda.

Kiritildi: 19:50 06.08.2020. O'qildi: 2566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!