Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Xitoy rahbari Si Szinpin tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha Dushanbeda keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladi.
Shartnomani imzolash marosimi Millatlar saroyida bo‘lib o‘tadi.
Xitoy Xalq Respublikasi rahbari kecha davlat tashrifi bilan Dushanbega keldi. Tashrif davomida Rahmon bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Xitoy tomoni moliyalashtirgan Tojikiston hukumati va parlamentining yangi binolarining ochilish marosimi ham rejalashtirilgan. Si Szinpinning tashrifi 6 iyul kuni yakunlanadi.