Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

13 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki davlat TIV rahbarlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi yuzasidan, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni atroflicha muhokama qildi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini imkon qadar tez muddatlarda o‘tkazish zarurligini qayd etdi.

Joriy yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan ikki davlat hududida qo‘shma yirik madaniy tadbirlar uyushtirish yuzasidan yakdil munosabat bildirildi.

Shuningdek, Tojikiston tomoni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, kelgusi davr uchun qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.

Kiritildi: 12:31 14.05.2022. O'qildi: 2620 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!