Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tixanovskaya Putin bilan uchrashish istagini bildirdi

Tixanovskaya Putin bilan uchrashish istagini bildirdi

Belorussiya oppozisiyasi yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni xohlayotganligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Ukrainaning “Ozodlik radiosi”.

Ta’kidlanishicha, Tixanovskaya Belorussiya masalasida Moskvaning pozisiyasini eshitish istagini bildirgan.

"Tabiiyki, biz qo‘shnilarmiz va kelgusida ham o‘zaro munosabatlarni davom ettiramiz", - dedi siyosatchi va buni beloruslar kutayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belorussiya xalqi prezident Aleksandr Lukashenko rejimining qo‘llab-quvvatlashini emas, balki beloruslar haqidagi bayonotlarni va kelajakni birgalikda qurish istagini kutmoqda.

Avvalroq Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Tixanovskaya bilan aloqa o‘rnatishni rejalashtirmaganligini aytgandi.

Kiritildi: 21:29 29.11.2020. O'qildi: 2435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!