Turkiya megapolisi Istanbul yana bir bor tirbandliklarning murakkabligi tufayli diqqat markaziga tushdi
Inrix tahliliy kompaniyasining yangi tadqiqotiga ko‘ra, shahar Nyu-York, Chikago, Mexiko va London kabi megapolislarni ortda qoldirib, jahon tirbandlik reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Hisobotga ko‘ra, har bir istanbullik yiliga taxminan 105 soat vaqtini tirbandlikda yo‘qotadi. 20 milliondan ortiq aholiga ega shahar uchun tirbandliklar dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaziyat so‘nggi bir yil ichida 15 foizga yomonlashgan, bu dunyo shaharlari orasida eng sezilarli o‘sishlardan biridir.
Tadqiqot 37 mamlakatdagi 900 ta shaharni qamrab oldi, bu esa reyting doirasini kengaytirdi. Ilgari, 2024 yilda Amerikaning Chikago shahri birinchi o‘rinni egallagan edi, biroq bu yil Turkiya megapolisi shubhasiz yetakchiga aylandi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Istanbuldagi tirbandlikning yuqori darajasi urbanizasiya sur’ati, cheklangan yshl infratuzilmasi va Bosfor bo‘g‘ozi orqali ikki qit’aga - Osiyo va Yevropaga bo‘lingan shaharning noyob geografik joylashuvi bilan bog‘liq.