Vashington chekkasidagi turar-joy binosida zobitlar tintuv boshlamoqchi bo‘lgan paytda kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press yozmoqda.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi uy ichida bir necha marta o‘q uzgan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea holatlarini o‘rganmoqda.