Reper Timati (Timur Yunusov) Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalariga duchor bo‘ladi, deb yozmoqda "EUobserver" nashri.
"Sanksiyalar ostida qolganlar qatoriga Qrimda chiqish qilgan xonanda Timur Yunusov ham kiradi", — deyiladi materialda.
Bundan tashqari, nashrning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Mariupol teatri bosh direktori Igor Soloninga qarshi ham sanksiyalar joriy etiladi.