Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

TikTok amerikalik investorlar qo‘liga o‘tadi

TikTok amerikalik investorlar qo‘liga o‘tadi

AQSh va Xitoy TikTok’ni sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi, ijtimoiy tarmoq amerikalik investorlar qo‘liga o‘tadi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Agentlik xabariga ko‘ra, TikTok ijtimoiy tarmog‘i Oracle, Andreessen Horowitz va Silver Lake investisiya kompaniyasi kiruvchi investorlar konsorsiumiga sotiladi.

"Kelishuv doirasida TikTok'ga egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi ByteDance'ning ulushi 20 foizdan kamroq miqdorgacha kamaytiriladi. Bu esa platformaga Qo‘shma Shtatlarda ishlashni davom ettirishga va milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunga rioya qilishga imkon beradi", deya yozmoqda nashr.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik investorlar TikTok'ning taxminan 80 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Dastlabki kelishuvda ilovani boshqarish uchun yangi Amerika kompaniyasi tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 21:05 17.09.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!