Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tibbiyotda katta yutuq: Olimlar miya qarishining asosiy sababini aniqladi

Tibbiyotda katta yutuq: Olimlar miya qarishining asosiy sababini aniqladi

Olimlar miyaning qarishining asosiy sababi, shuningdek kelajakda organlarni yashartirish uchun dori yaratishda yordam beradigan genni aniqladilar.

Tadqiqot natijalari «Aging Cell» jurnalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, miyelin moddasi miya hujayralari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan asab tolalarini himoya qilish uchun himoya qobig‘i vazifasini bajaradi. Miyelin qobig‘ining buzilishi asabiy jarayonlarning samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa kognitiv funksiyalarning pasayishiga va ayrim kasalliklarning, jumladan skleroz va Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga olib keladi.

Germaniya va Italiyadagi nevrologlarning ta’kidlashicha, miyelinning asta-sekin yo‘qolishi miya faoliyatida tuzatib bo‘lmas oqibatlariga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 19:05 11.03.2021. O'qildi: 4332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!