2024 yil uchun fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlar Viktor Ambroz va Gari Ruvkunga mikro RNKlarni kashf etgani va ularning gen ekspressiyasini transkripsiyadan keyingi tartibga solishdagi rolini o‘rganishi uchun berildi.
Bu haqda 7 oktyabr kuni Shvesiya poytaxtida ushbu mukofotni topshiruvchi Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti ma’lum qildi.
Hozirda mukofot miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 900 ming yevro) tashkil etadi. Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti jami 114 marta berilgan bo‘lib, 2023 yilgacha 227 nafar g‘olib aniqlangan.