The Washington Post nashriyotchisi va bosh direktori Uill Lyuis o‘z lavozimini tark etdi.
Nashring Oq uy muxbiri Mett Vizer bu xabarni e’lon qildi.
"The Washington Post gazetasida ikki yillik o‘zgarishlardan so‘ng, men uchun ketish vaqti keldi... Mening lavozimim davomida The Washington Post gazetasining barqaror kelajagini ta’minlash va unga kelgusi yillarda millionlab o‘quvchilar uchun har kuni yuqori sifatli, xolis yangiliklarni nashr etishda davom etish imkonini berish uchun qiyin qarorlar qabul qilindi", deb yozgan Lyuis Vizer tomonidan nashr etilgan xodimlarga yo‘llagan maktubida.
Moliya direktori Djeff D'Onofrio The Washington Post nashriyotchisi va bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi.
Uill Lyuis 2023 yilda The Washington Post nashriyotchisi va bosh direktori bo‘lib qariyb o‘n yil ishlagan Fred Rayanning o‘rnini egallagandi.