Nashrga ko‘ra, Zelenskiy ofisi rahbari *Budanov Ukraina qo‘shinlari sonini saqlab qolish uchun oyiga 30 ming kishini safarbar qilish zarurligini bildirgan.
The Telegraph bu ko‘rsatkich Ukraina armiyasining yo‘qotishlari haqidagi rasmiy ma’lumotlar haqiqatga qanchalik mos kelishi borasida savollar tug‘dirishini ta’kidlagan.
Gazeta materialini “G‘irrom optimizm Ukrainaga yordam bermaydi” sarlavhasi ostida e’lon qilgan.
Nashr, shuningdek, Moskva Rossiyadagi fuqarolik ob’ektlariga uyushtirilgan hujumlarga javoban yanada keng ko‘lamli zarbalar berayotganini yozgan.