Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor! Xitoy urushga tayyorlanmoqda

Tezkor! Xitoy urushga tayyorlanmoqda

Xitoy rahbari Si Szinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazaga tashrifi chog‘ida XXR armiyasining barcha kuchlarini urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuborishga chaqirdi, deya xabar qildi xitoy matbuoti.

Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Dengiz kuchlari korpusining Chaochjou shahridagi tekshiruvi paytida Si Szinpin askarlarni "yuqori hushyorlik holatini saqlashga" undadi, deb xabar berdi CNN.

Si Szinpinning Guangdongga tashrifining asosiy maqsadi 1980 yilda xorijiy kapitalni jalb qilish uchun tashkil etilgan va Xitoy iqtisodiyotining dunyodagi ikkinchi o‘rinni egallashida muhim rol o‘ynagan Shenchjen maxsus iqtisodiy zonasining 40 yilligi munosabati bilan nutq so‘zlash edi, deya ta’kidlaydi Amerika telekanali Sinxua agentligiga asoslanib.

CNN Si Szinpinning harbiy bazaga tashrifi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgani fonida amalga oshirilayotganini ta’kidlamoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida koronavirus va Tayvanda ziddiyatlar kuchaymoqda.

Dushanba kuni Oq uy AQSh Kongressiga Tayvanga uchta zamonaviy qurol-yarog‘ tizimini, shu jumladan, raketa tizimlarini sotishni ma’qullashni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berdi, deb xabar berdi CNN Oq uy rasmiysiga asoslanib.

Xitoy rasmiylari ushbu xabarlarga keskin munosabat bildirishdi va AQShni Tayvanga jo‘natilgan harbiy yordamni darhol qaytarib olishga chaqirishdi.

Kiritildi: 10:33 15.10.2020. O'qildi: 17107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!