Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tezkor! Toshkentda 57 yoshli ayol fojia qurboni bo‘ldi

Tezkor! Toshkentda 57 yoshli ayol fojia qurboni bo‘ldi

2021 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 09.15 larda Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasida (“Charx Kamolon” mahallasi ro‘parasida) 36 yoshli Adil X. "Midibus SAZ/NP-37" (davlat raqami 01 V 829 VA) rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli Mastura T.ni urib yuborgan.

Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan. Uni oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
YTH sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:18 19.01.2021. O'qildi: 4693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!