Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tezkor! 8 iyundan jamoat transportiga ruxsat berildi

Tezkor! 8 iyundan jamoat transportiga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 8 iyunidan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi (damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno).

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

  • avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish;
  • haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining mas’ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘rab qolinadi.

Kiritildi: 19:19 05.06.2020. O'qildi: 5192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!