Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor! 15 avgustdan metro faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

Tezkor! 15 avgustdan metro faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. 

Soat 6-00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi. 
 
Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir  qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.  

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.  

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Kiritildi: 18:49 14.08.2020. O'qildi: 2965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!