Shanba kuni Texas shtatidagi yo‘lda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasiga urildi. TASSning xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, bir necha kishining jarohatlangani aytilmoqda. Bu haqda voqea sodir bo‘lgan Arlington shahar polisiya bo‘limi ma’lum qilgan.
“Biz Trinity Railway Express transport kompaniyasiga tegishli poyezd halokatga uchragan joyda Arlington yong‘in xizmati bilan ishlamoqdamiz. Yuk mashinasidagi ikki kishi halok bo‘lgan, poyezdda bir necha yo‘lovchi jarohatlandi va ular kasalxonaga yotqizildi”, - deya qayd etilgan polisiyaning Twitter dagi sahifasida.
Fox News telekanalining aniqlik kiritishicha, hodisada 12 kishi tan jarohati olgan bo‘lib, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
Manba: uza.uz