Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Texasda dunyodagi eng katta Snickers batoni tayyorlandi

Texasda dunyodagi eng katta Snickers batoni tayyorlandi

Texasning Ueyko shahridagi Mars Wrigley fabrikasida dunyodagi eng katta Snickers batoni tayyorlandi. Bu haqda Fox 44 telekanali xabar berdi.

Shokolad batonini tayyorlashga bir hafta vaqt ketgan. Uning og‘irligi 2,1 tonnadan ortiq va eni 60 santimetr keladi. Batonning vazni 43 ming dona standart batonlar og‘irligiga teng.

Rekord mualliflari Texas shtatining o‘ziga xos ta’rifidan ilhomlanishgan. Amerikaliklarning aytishlaricha, Texasda har qanday oddiy narsaning dunyodagi eng katta o‘lchamlisini topish mumkin.

Ueykodagi fabrika Mars Wrigley kompaniyasining shirinliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 08:33 19.01.2020. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!