Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tesla Roadster “uchar” elektromobilini taqdim etdi

Tesla Roadster “uchar” elektromobilini taqdim etdi

Ilon Maskning Teslakompaniyasi ikkinchi avlod Roadster elektr sport avtomobilini rasman namoyish etdi. Tadbir Texas shtatidagi SpaceX raketa sinov maydonida bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda oq rangli ikki o‘rinli avtomobil katta egri rampaga ko‘tarildi. Kuzov ostidagi so‘ruvchi ventilyatorlar yordamida u rampaga yopishgancha butunlay teskari holatga keldi. So‘ng o‘rnatilgan sovuq gazli trasterlar yordamida rampadan uzilib, havoda aylandi va yerga qo‘ndi.

Keyingi namoyishda Roadster bir qator Tesla avtomobillari va Semi yuk mashinasi ustidan sakrab o‘tdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan namoyishlarda mashina haydovchisiz, avtonom rejimda harakatlandi.

Tesla ma’lumotiga ko‘ra, Roadster uch xil ko‘rinishda chiqariladi. Ikki o‘rinli asosiy Performance versiyasi faol ayerodinamika va so‘ruvchi tizimga ega. U soatiga 97 kilometr (60 milya) tezlikka 1,6 soniyadan kam vaqtda chiqadi. Orqa trasterlar qo‘shilgan Thrust versiyasida bu ko‘rsatkich 0,9 soniyagacha qisqaradi.

Bir o‘rinli Rocket esa qo‘shimcha trasterlar yordamida yerdan ko‘tarila oladi. Teska uning tezlanishini 0,59 soniyadan kam deb ko‘rsatgan. Barcha versiyalar uchun 480 kilometrdan ortiq yurish masofasi va soatiga 370 kilometrdan yuqori tezlik va’da qilinmoqda. Tadbirda esa avtomobil 0,81 soniyada soatiga 97 kilometrga chiqqani namoyish etildi.

Roadster'ning narxlari hali e’lon qilinmadi. Tesla saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Performance versiyasini bron qilish uchun 50 ming, Thrust uchun esa 250 ming dollar to‘lash kerak. Rocket faqat maxsus taklif asosida beriladi. U umumiy yo‘llarda foydalanishga ruxsat olmagan. Bron shartnomasida Tesla avtomobil qachon, hatto umuman yetkazib berilishini kafolatlay olmasligi yozilgan.

Maskning o‘zi ham Roadster xavfsizlik uchun optimallashtirilgan avtomobil bo‘lishi shart emasligini tan oldi. Shu bilan birga, u avtomobilning hamma davlatda qonuniy bo‘lishiga ishonchi komil emasligini ham bildirdi.

Kiritildi: 15:42 16.10.2026. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!