Ilon Maskka tegishli Tesla kompaniyasi Germaniyadagi zavodiga 250 million dollar sarmoya yo‘naltiradi.
The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, mablag‘ elektr avtomobillari uchun akkumulyator hujayralari ishlab chiqarish hajmini oshirishga sarflanadi.
Kompaniya Yevropa bozoridagi sotuvlar qayta tiklanayotgani ortidan mintaqadagi ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.