Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Termizdagi portlashda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi (video)

Termizdagi portlashda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi (video)

Surxondaryo viloyati IIB Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi ko‘p qavatli uy omborxonasidagi portlashda halok bo‘lgan ikki erkakning shaxsini aniqladi, deb yozadi Gazeta.uz .

Avvalroq Do‘stlik mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 10-uyning chap tomonida gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgani xabar berilgan edi.

Halok bo‘lganlar Termiz fuqarosi R.Abdurahmonov (1958 yilda tug‘ilgan) va Angor tumani fuqarosi R.Imomaliyev (1962 yilda tug‘ilgan). Portlash ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida Orzu Omad xususiy korxonasi omborxonasining ichkarisida yuz bergan, u yerda penoplast buyumlar, hojatxona qog‘ozi va boshqa mahsulotlar saqlangan. Korxona B.Imomaliyevga tegishli.

Portlash 8 aprel kuni ertalab 11:32 da qayd etilgan.

Kiritildi: 18:42 08.04.2019. O'qildi: 4462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!