Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Terlash eng xavfli kasallik belgisi ekan

A A A
Terlash eng xavfli kasallik belgisi ekan

Hech qanday aniq sababsiz terlash Parkinson kasalligidan darak beruvchi eng keng tarqalgan belgilardan biridir. Bu haqda Amerika Parkinson kasalligi assosiasiyasiga asoslanib Express xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, belgilar, odatda, asta-sekin rivojlanib boradi va unchalik jiddiy ko‘rinishda bo‘lmaydi.

Haddan ziyod terlash, mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, asosan tananing yuqori qismini qamrab oladi. Agar siz bu simptomni o‘zingizda aniqlagan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingiz lozim, deya xulosa qilgan nashr.

Parkinson kasalligi – markaziy asab tizimining asta-sekin o‘sib boruvchi degenerativ kasalligi, uning asosiy belgilari gipokinesiya (organizmning harakatlar tempi va hajmi cheklanishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakat faolligi yetishmasligi holati), mushaklarning elastik emasligi (qattiqlashuvi), tana qismlarining o‘z-o‘zidan ritmik tebranish harakatlari va postural buzilishlardir.

Kiritildi: 12:47 12.11.2020. O'qildi: 6077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik