Telegram 15 fevral kuni 234 945 ta guruh va kanallarni blokladi. Messenjerning moderasiya ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Yangi bloklashlarning bu darajasi 23 yanvardan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, o‘shanda moderatorlar 300 840 ta resursni bloklashgandi.
Yil boshidan beri Telegram 7,2 milliondan ortiq guruh va kanallarni blokladi.
2025 yil dekabr oyi boshiga kelib, Telegram qariyb 40 million guruh va kanalni blokladi, ulardan 894 324 tasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik materiallari mavjud edi.
Telegramning ta’kidlashicha, 2015 yildan beri moderasiya foydalanuvchilarning shikoyatlari va mashinani o‘rganishga asoslangan “proaktiv monitoring”ni o‘z ichiga olgan va 2024 yil boshida bu sa’y-harakatlar sun’iy intellektga asoslangan moderasiya vositalari bilan to‘ldirilgan, deb xabar berdi 24.kg.