Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Teleboshlovchi rashkchi hamkasbining boshini yordi

A A A
Teleboshlovchi rashkchi hamkasbining boshini yordi

Amerikaning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi Xantington shahri WSAZ telekanali ob-havo ko‘rsatuvi boshlovchisi Chelsi Ambris hamkasbi Erika Bivensni kaltaklashda ayblanmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

 

Bivens okrug sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Berilgan zarba tufayli Bivensning bosh suyagi singan, quloq pardasi yirtilgan. Ularning janjaliga rashk sabab bo‘lgan.

Bivens hamkasbidan turmush o‘rtog‘ini rashk qilgan. Shundan keyin ayollarning o‘rtasida janjal ko‘tarilgan.

Agar Ambrisning aybi isbotlansa, u bir yilga ozodlikdan mahrum etilib, 500 dollar miqdorida jarima to‘laydi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 17:04 02.09.2018. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik