Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tehrondagi kelishuv: Tolibonga qanday majburiyatlar yuklandi?

Tehrondagi kelishuv: Tolibonga qanday majburiyatlar yuklandi?

Tehrondagi muzokaralar natijasida kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, Tolibon va ittifoqchilar zimmasiga bir qator majburiyatlar yuklandi.

1. Afg‘onistonda inklyuziv hukumat yaratish, milliy murosa va barqaror siyosiy yechimga erishish uchun xolis, samimiy muloqotni davom ettirish zarur.

2. Tolibon quyidagilarga majbur:
- ichki va tashqi siyosatni mo‘’tadil va oqilona olib borish;
- mamlakatdagi holatlarni tartibga solish;
- davlat organlarining samarali faoliyatini ta’minlash;
- aholiga zarur yordam ko‘rsatish;
- inson huquqlarini, shu jumladan ayollar, bolalar va etnik guruhlarni himoya qilish.

3. Afg‘oniston hududidan hech bir davlat xavfsizligiga tahdid qilish uchun foydalanmaslik kerak. Tolibon barcha terrorchi guruhlar bilan aloqalarini uzib, ularni qat’iy yo‘q qilishi kerak.

4. Tolibon oldingi majburiyatlarini bajarishi, qo‘shni davlatlarga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik siyosatini olib borishi, Afg‘oniston fuqarolari va xorijiy institutlarning huquqlarini hurmat qilishi va himoya qilishi kerak.

5. Tolibon terrorizm, giyohvand moddalar savdosi va odam savdosiga qarshi kurashishga chaqiriladi. Afg‘oniston bilan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama asosda hamkorlikni tiklash zarur.

6. Tolibon va xalqaro hamjamiyat tashqi va ichki qochqinlar muammosini hal qilishga harakat qilishi, bu muammoni yanada og‘irlashtiradigan har qanday harakatlardan tiyilishi kerak.

7. Xalqaro hamjamiyat afg‘on qochqinlarini qabul qiluvchi davlatlarga, xususan, Eron va Pokistonga, shuningdek, boshqa qo‘shni davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishi lozim.

8. Xalqaro hamjamiyat gumanitar inqiroz va afg‘onlarning mamlakatdan qochib ketishining oldini olish uchun afg‘onlarni zudlik bilan oziq-ovqat, dori-darmon va qishki ta’minot bilan ta’minlashi kerak.

9. Xalqaro hamjamiyat afg‘onlarga COVID-19ga qarshi kurashda yordam berishi darkor.

10. Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar, shuningdek, elchixonalar vakillarining uchrashuvlarini tashkil etish mexanizmi bo‘lishi kerak.

11. Uzoq muddatli rejaga amal qilgan holda Afg‘oniston bilan siyosiy hamkorlikni, iqtisodiy integrasiyani va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish zarur.

Ushbu formatdagi uchinchi uchrashuv 2022 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:28 27.10.2021. O'qildi: 2183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!