Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

AQSh va Isroilning 28 fevraldan 2 aprelgacha bo‘lgan havo hujumlari natijasida Tehronda 46 437 ta turar-joy va tijorat binolari zarar ko‘rdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda viloyatlar bo‘ylab 117 239 ta fuqarolik infratuzilmasi ob’ekti va 93 544 ta xususiy uy-joy shikastlangan.

Zarar ko‘rgan ob’ektlar orasida 316 ta tibbiy muassasa va tez yordam markazlari ham bor. Shuningdek, 763 ta maktab, 18 ta Qizil Yarim Oy markazi, 48 ta transport vositasi va 3 ta qutqaruv vertolyotiga ham shikast yetgan.

Bu haqda Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:14 02.04.2026. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!