Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tayvanda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Tayvanda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Tayvan harbiylari Xitoy armiyasi orolga hujum qilishi ssenariysi bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi.

Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda harbiy operasiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Han Kuang deb nomlanuvchi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi 25 iyulda boshlanadi. Unda jangovar o‘q otishlar bo‘lib o‘tadi, Stinger va Javelin raketa majmualaridan foydalaniladi.

Ma’lumot berilishicha, qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Xitoyning «Lyaonin» aviatashuvchi kemasi ishtirokidagi zarba beruvchi guruh mashg‘ulotlari fonida o‘tkazilmoqda.

Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblab keladi.

Kiritildi: 20:50 16.05.2022. O'qildi: 3634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!