Bu haqda Bucha meri Anatoliy Fedorukning Tayvan tashqi ishlar vaziri Jozef Vu bilan onlayn uchrashuvi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
"Biz tajovuzkorlar Buchada qoldirilgan urushdan ko‘rgan azob-uqubatlar, qotilliklar, vayronagarchiliklardan xabardormiz. Buchadagi vahshiyliklar — qoralash muhim bo‘lgan harbiy jinoyatlardir va bunda aybdorlar jazolanishi kerak. Tayvan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashda va shaharni tiklashda yordam berishda davom etadi”, dedi diplomat.