Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tatyana Karimova har qachongidan ham faol

A A A
Tatyana Karimova har qachongidan ham faol

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova Islom Karimov yodgorlik Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi faoliyatida har qachongidan ham faol. Tatyana Karimova ayni damda fondning vasiylik kengashi a’zosi sifatida fond faoliyatiga boshchilik qilmoqda.
 
Kecha, 3 oktyabr kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyi xodimlari Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi, uning xotirasiga hurat bajo keltirdi. Mehmonlar “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurdilar. Ularni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova qarshiladi va ko‘rgazma bilan tanishtirdi.


 
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi arafasida 1996 yil ochilgan.  O‘sha yili Islom Karimov,  jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga hamda xalqaro olimpiya harakatiga ulkan hissa qo‘shgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasining oliy mukofoti – Olimpiya oltin ordeni bilan taqdirlangan edi.
 
Islom Abdug‘aniyevichga mazkur nufuzli mukofotni topshirgan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining o‘sha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch, Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan.


 
Har yili ushbu muzey ekspozisiyasi o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yuksak mukofotlar, xalqaro sovrinlar bilan boyitib boriladi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 16:11 04.10.2018. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik