18 mayda tugaydigan Istanbul g‘alla kelishuvining Ukraina qismi yana 60 kunga uzaytirilishi kutilmoqda.
Bu haqda manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Qora dengiz don tashabbusi paketining Ukraina qismi amaldagi amal qilish muddati tugaganidan keyin 60 kunga uzaytiriladi”, — deyiladi bayonotda.
Bitimning Rossiya qismiga kelsak, qaror eng yuqori darajada qabul qilinishi qayd etilgan.