Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Tashkent Index"da 6 ta avtomobilga shikast yetgani ma’lum bo‘ldi

A A A
"Tashkent Index"da 6 ta avtomobilga shikast yetgani ma’lum bo‘ldi

Bugun, 17 fevral kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning soyabon (tom) qismi mashinalar ustiga qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi.

Videolarda avtoturargohning yengil konstruksiyali ustunlari va tom qismi kecha yog‘ib o‘tgan qorning og‘irligini ko‘tara olmay qulashi oqibatida ko‘plab avtomobillarga shikast yetgani ko‘rinadi.

"Tashkent Index"da 6 ta avtomobilga shikast yetgani ma’lum bo‘ldi

Tashkent Index bozori ma’muriyati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra 2024 yil 16 fevral kuni noqulay ob-havo va kuchli qor yog‘ishi tufayli bozor hududidagi yengil konstruksiya tarzida qurilgan soyabonlarning bitta 50 metrlik qatori qorning og‘irligidan qulab tushgan.

Ushbu soyabon ostida 35 ta avtotransport vositasi turgan bo‘lib, ulardan 6 tasining kapot, tom yoki bamper qismlariga shikast yetgan. Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, bir necha marta Sergeli tumanida joylashgan mashina bozori Tashkent Indexʼga ko‘chirilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan. Biroq Sergeli mashina bozori rahbariyati bunday topshiriq bo‘lmaganini aytib chiqqandi

Kiritildi: 20:28 17.02.2024. O'qildi: 2682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!